Soha yangiliklari
April 25
Namangan tumanida sayyor qabul tashkil qilindi
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini har doim iste’molchilar belgilab beradi. Shu bois, ularning bu boradagi talab va takliflarini muntazam o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zbektelekom” AK tomonidan joylarda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar ayni shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Kompaniyaning navbatdagi sayyor qabuli Namangan viloyati Namangan tumanida tashkil qilindi. Tadbirda hudud aholisining zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etishga yo‘naltirildi. Ma’lum muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha Namangan filiali rahbariyati, mas’ullarga zaruriy topshiriqlar belgilab berildi.