Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Samarkand & Самаркандцы” Telegram kanali orqali Samarqand viloyati Buyuk Ipak yo‘li hududida Kompaniya texnik xodimlari tomonidan texnik (yer qazish) ishlari amalga oshirilganligi va ammo ishlar yakunlanmay hudud ochiq qoldirilganligidan shikoyat qilingan murojaat e’lon qilingan.
Ushbu murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni mazkur hududda haqiqatan ham, texnek ishlar amalga oshirlayotganligi va ishlar muddatli ekanligini inobatga olib, ishlarning borishi nazoratda ekanligi, shu bilan birga ishlar yakunlanishi bilan hududning tartibga keltirilishi bildiriladi.