Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Юнусабадцы” guruhi orqali fuqaro unga “shahar telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘lganligi va o‘zlarini telefon stansiyasidan deb tanishtirishganligi, bu esa unga bir oz shubhali ko‘ringanligi”ni ta’kidlab murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud masala yuzasidan tushuntirish berganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati