Munosabatlar
May 15

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali Andijon shahrida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud muammo o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati