Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar Xabarlari" Telegram kanali orqali Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani Imom ota turizm qishlog‘ida yashovchi fuqaro internet tarmog‘i sifati bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilgan va bo‘linma mutaxassislar tezkorlik bilan murojaatchi bilan bog‘anish va murojaat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida kanal ma’muriyatiga tegishli tartibda so‘rov qoldirilgan.
So‘ralgan ma’lumot taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal etilishga yo‘naltirilishi bildiriladi. Murojaat nazoratga olingan.