Munosabatlar
December 12
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Soyalar Xabari” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan mahalla hududida yashovchi fuqaro hududda Wi-Fi tarmog‘i va aloqa ustuni bilan bog‘liq murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olingani bildiriladi. Ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.