Munosabatlar
November 28
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi “Потребитель.Уз” Facebook guruhi orqali fuqaro mobil raqamida sababsiz ortiqcha mablag‘ yechilayotganligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.