Soha yangiliklari
May 21

Sirdaryo filiali: aholining zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ortmoqda 

“O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filiali tomonidan aholini zamonaviy telekommuniktsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida hududda 316 km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilib, Internet tarmog‘iga 5074 ta, 1270 ta telefoniya va 127 ta IPTV xizmatlariga ulanishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, viloyat, tuman va shahar aholisini zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlashda joylarda tashkil qilinayotgan faol sotuvlar ham muhim o‘rin tutmoqda. Bu jarayonda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi Stansiya inshoatlari guruhi aloqa muhandisi Inomjon Sherkuziyev o‘z faolligini ko‘rsatib kelmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatlar viloyat bo‘ylab keng ko‘lamda davom ettirilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati