Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Hokim va Xalq | Gʼijduvon tumani” Telegram kanali orqali fuqaro Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro xonadoniga yaqin hududdan olib o‘lgan aloqa kabellarining tartibsiz holga kelib qolganligi va bu boradagi murojaatlari natijasiz qolayotganligiga e’tiroz bildirib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan holat nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.