Soha yangiliklari
April 22

UZTELECOM “Mehnat va ta’lim yarmarkasi”da faol ishtirok etdi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilingan “Mehnat va ta’lim yarmarkasi”da “O‘zbektelekom” AK ijro apparati, “O‘zMobayl” hamda “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiallar mas’ul vakillari faol qatnashdi.

Yarmarka doirasida 100 dan ortiq OTM va umumta’lim bitiruvchilari bilan suhbat uyushtirilib, ularga bo‘sh ish o‘rinlari hamda soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan zaruriy ma’lumotlar berildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati