Munosabatlar
June 18

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olibborilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Yangiqo‘rg‘onliklar”
Telegram kanali orqali fuqarolar aloqa kabeli olib o‘tilgan simyog‘och hududaholisiga xavf tug‘diruvchi hilatga kelib qolganligi va holatni bartaraf
etishlarini so‘rab murojaat qoldirishgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot
xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmagaxabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala tezkorlik bilan ijobiy hal
qilinganligi  bildiriladi.

“O‘zbektelekom”AK Axborot xizmati