Munosabatlar
February 2

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali fuqaro raqamiga keraksiz pullik xizmatlar ulanib qolayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilib, quyidagilar ma’lum qilinadi:

Kompaniya abonentlarga biror bir kontent-xizmatidan ma’lum bir muddat bepul foydalanish aksiyasi doirasida ulanishdan avval, keyinchalik bu xizmat pullik bo‘lishini esdan chiqarmasliklarini eslatib o‘tadi! Biroq, har qanday xizmatga ulanish vaqtida abonentdan pul mablag‘lari yechilmaydi.

Mobil operator tomonidan abonentlarning xohishisiz hech qanday kontent xizmatlari avtomatik tarzda ulanmaydi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi!

Xizmatlarga obunani bekor qilish usullari:

Shikoyatlarni kamaytirish, shuningdek, abonentlarga kontent xizmatlaridan obunani bekor qilish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, aloqani uzishning quyidagi usullari mavjud: - SMS orqali – STOP1 buyrug‘ini ulangan xizmatning qisqa raqamiga yuborilgan holatda ulangan xizmatni o‘chirish mumkin;

- USSD orqali – *199# terib qo‘ng‘iroq tugmachasini bosganda barcha Kontent xizmatlarini o‘chirish uchun;

Mazkur holat bo‘yicha abonentga zaruriy tushunchalar berildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati