February 23, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga Toshkent shahar Gagarin nomli ko‘chasi 140-uy hududiga yaqin manzilda kompaniya texnik xodimlari tomonidan olib borilgan texnik ishlar natijasida ko‘cha ichki yo‘li ta’mirtalab holda tashlab ketilganligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishgan. Masala ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz
@uztelecompress