1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” operatorlari uchun oʻquv-semenari tashkil etildi
“Oʻzbektelekom” AK “Kontakt markazi” filiali operatorlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha o‘quv-semenari o‘tkazildi.
Unda ta’kidlanganidek, joriy yil boshidan hozirga qadar 1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga jami 2518 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 1340 tasi aynan Internet xizmatlari bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri keladi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
O‘quv-seminari so‘ngida malaka va tajriba faoliyat muvaffaqiyatining asosi ekanligi, shu bois bu kabi tadbirlarni uzluksiz davom ettirib borish zarurligi bildirildi.