Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Ma’lum qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar xabari" Telegram kanali orqali fuqaro xonadoniga internet tarmogʻi ulatish borasida qiyinchiliklarga duch kelayotganligi yuzasidan murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilgan edi.
Shundan so‘ng, bo‘linma mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan Kanal adminiga bot orqali qayta aloqaga chiqilib, murojaatda keltirilgan masalaga batafsil oydinlik kiritish va murojaatchi bilan bog‘lanish uchun manba taqdim etishi so‘ralib xabar qoldirildi.
Ayni paytda Kanal ma’muriyati tomonidan biror qo‘shimcha ma‘lumot taqdim etilmaganligi bildiriladi. Shunday bo‘lsada murojaat nazoratga olinganligi hamda qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal qilinishi bildiriladi.