Munosabatlar
November 7

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “ХАЛК ДАРДИ” guruhi orqali fuqaro tarif narxlariga kiritilgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, unga zaruriy tushuntirishlar berilganligi va murojaat ijobiy hal etilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati