July 28, 2021

"O'zbektelekom" AK tomonidan mamlakatimiz ijtimoiy obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta'minlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Ijtimoiy sohani takomillashtirish, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish O'zbekiston Respublikasi siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biridir. Ushbu yo'nalishda Prezident, hukumatning bir qator tegishli farmonlari va qarorlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek, "O'zbektelekom" AK buyruqlari qabul qilingan.

Mamlakatimizda inson omili eng yuqori qadriyat hisoblanadi. Bu Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan "Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, balki bugun ular o'z hayotlarida ijobiy o'zgarishlarni ko'rishni istaydilar" tamoyili bilan tasdiqlangan.

Ushbu tamoyilni amalga oshirishda raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, mamlakatimizning ijtimoiy obyektlarini yuqori tezlikdagi Internet-aloqa bilan ta'minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yo'nalishda keng ko'lamli ishlar "O'zbektelekom" AK tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

Xususan, shu kungacha respublikamizdagi 87% umumta'lim maktablari, 82% mahalla fuqarolar yig'ini, 56% ichki ishlar idoralari, shuningdek 100% maktabgacha ta'lim va tibbiyot muassasalari yuqori tezlikdagi Internet tarmog'iga ulangan.

Bu yo'nalishdagi ishlar butun respublika bo'ylab davom etmoqda.

@uztelecomuz

@uztelecompress