Munosabatlar
November 18
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani “Qiyali” MFY Poytug ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro Interet tarmog‘idagi uzilishlar yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan tushuntirish olib borganligi hamda mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.