January 31, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniya mijozlari ijtimoiy tarmoqda o‘zining Facebook sahifasi orqali UZTELECOM ishonch raqamiga telefon qilib, operatorlarga muammolarini hal qilib berishlarini so‘rab murojaat qilganda operatorlar ularning muammolarini o‘rganmay e‘tiborsiz qoldirganligidan shikoyat qilishgan.
Mazkur murojaatlar Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan va mavjud muammo mutaxassislar nazoratiga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.