Munosabatlar
October 12, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “NazoratUz” Telegram kanali orqali Toshkent viloyati Qibray tumani Beruniy MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadoniga ulangan internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilganligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislarining ma’lum qilishicha, murojaatda ko‘rsatilgan manzilda aloqa sifatini yazshilash maqsadida rejali ishlar amalga oshirilayotganligi, ya’ni hududga GPON texnologiyasi asosidagi yangi OLT qurilmasi o‘rnatilganligi sababli bunday holat yuzaga kelgan. Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha fuqaroga ma’lumot berilib, ayni paytda murojaatchining xonadonida internetdan foydalanish imkoniyati tiklab berilganligi va murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.