Munosabat
"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi qo‘llab-quvvatlash guruhiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqaʼla tumanida yashovchi fuqaro raqamni saqlagan holda kompaniya tarmog‘iga o‘tish borasida hududda qulay imkoniyatlar yaratib berilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirildi. Oʻz oʻrnida boʻlinma mutaxassislari tomonidan murojaatchiga mazkur taklif tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi ma’lum qilingan va murojaat uchun minnatdorlik bildirilgan.