Munosabatlar
February 26
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaro Internet tarmog‘ida tez-tez uzilishlar kuzatilayotganligiga e’tiroz bildirib murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan muammo bartaraf etilganligi bildiriladi.