September 28, 2021

Taniqli aktyor va rejissyor Dmitriy Astraxan O‘zbekistonda

Mamlakatimizda XIII bor o‘tkazilayotgan xalqaro kinofestival munosabati bilan Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli belarus va rus teatr hamda kino rejissyori, prodyuser, teleboshlovchi, aktyor Dmitriy Astraxan ayni kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Dunyoga mashhur “Судьба диверсанта” filmi rejissyori “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasidagi “Belarus kinosi kunlari”da ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, “Belarus kinosi kunlari” 29-sentyabr – Toshkent, 30- sentyabr Samarqand va 1-oktyabr kuni Guliston shahrida bo‘lib o‘tadi.

UZTELECOM – “Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali hamkori!

@uztelecomuz

@uztelecompress