Ogoh bo‘ling!
So‘nggi paytlarda telefon orqali firibgarlik holatlari ko‘payib ketdi! Firibgarlar qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini UZTELECOM xodimlari deb tanishtiradilar va turli bahonalar bilan SMS-kodni aytishni yoki shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishni so‘raydilar.
Quyidagilarni esda tutish muhim: UZTELECOM xodimlari hech qachon qo‘ng‘iroq qilib va SMS orqali kelgan kodlar, parollar, karta raqamlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydi.
🔹 Qanday himoyalanish mumkin?
✅ Ma’lumotni tekshiring – har qanday shubha tug‘ilganda UZTELECOM rasmiy aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qiling.
✅ Shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmang – qo‘ng‘iroq qiluvchi hatto o‘zini kompaniya xodimi deb tanishtirsa ham.
✅ Shubhali raqamlarni bloklang va firibgarlar haqida bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga xabar bering.
📞 Agar sizga shubhali qo‘ng‘iroq kelib tushsa, UZTELECOM rasmiy qo‘llab-quvvatlash xizmatining 1099 raqamiga murojaat qiling.