Bilasizmi?
December 3

Oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar oʻtkaziladi

2024-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar oʻrtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak oʻyinlari boʻyicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi.