UZTELECOMga murojaat yo‘llash manbalarini bilasizmi?
“O‘zbektelekom” AK tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarda sifat nazorati va shaffoflikni ta’minlash maqsadida murojaat yo‘llash uchun bir qator qulay usullar yo‘lga qo‘yilgan.
Misol uchun sizda Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarga oid savollar yoki yangi ulanishlar bo‘yicha murojaat bo‘lsa, ularni quyidagi manbalar yordamida yuborishingiz mumkin.
– Kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali;
– MyUZTELECOM ilovasi orqali;
– Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhida savol qoldirish orqali;
– Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi Facebook, Instagram rasmiy sahifalarida qayta aloqa yo‘li bilan;
– Telegram-bot;
– Kontakt markazi:
• Internet va IPTV xizmatlari bo‘yicha – 1084;
• Mobil aloqa bo‘yicha – 1099;
• Korporativ mijozlar uchun – 1155 qisqa raqami orqali.
Barchasi sizning qulayligingiz uchun. UZTELECOM sizga qulaylik yaratishdan har doim mamnun!