December 1, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Muxbir Daliev” telegram kanali orqali Xorazm viloyati Xazorasp tumani Ovshar qishlog‘i Abdulla Qodiriy ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro internetga ulanish bo‘yicha qilgan murojaati natijasiz qoldirilib kelinayotganligidan shikoyat yo‘llagan va bunga nisbatan Kompaniya tomonidan o‘rnatilgan tartibda, murojaatchining muammosi ishlar rejasiga muvofiq 2023-yil 1-chorak yakuniga (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin) qadar ijobiy hal etilishi to‘g‘risida tushuntirilgan edi. Biroq, fuqaro yana shu mazmunda takroriy videomurojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi.
“O‘zektelekom” AK Xorazm filiali Hazorasp tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi mutaxassislari tomonidan yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshirilgan ishlar, ya’ni murojaatda keltirilgan manzil hududida magistral aloqa kabellarini tortish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi va ayni paytda fuqaroning internet xizmatlaridan foydalanishi uchun imkoniyat yaratib berilganligi birdiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress