Cyber university`da tahsil oling!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Cyber university” davlat universiteti bugungi kunda mamlakatimizda kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqda. Universitet faoliyatining ilk yilidayoq zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish, xorijiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or o‘quv dasturlarini joriy etish hamda talaba-yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim natijalarga erishildi.
Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yili qabuli jarayonida olib borilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida universitetni tanlagan abituriyentlar soni qariyb 10 000 nafarni tashkil etdi. Natijada universitet respublika bo‘yicha kirish ballari eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-10 talikdan o‘rin oldi.
2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari doirasida universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari va mavjud imkoniyatlari haqida qo‘yidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.