Huquqiy savolga – huquqiy javob
Savol: Kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga ulanish jarayonida korrupsion jarayonlarga to‘g‘ri kelib qolinsa, mijozlar bunday holatda qanday yo‘l tutishi lozim?
Javob: “O‘zbektelekom” AK faoliyatida korrupsion holatlarning oldini olish borasida muntazam ravishda tizimli ishlar amalga oshirib kelinadi. Xususan, soha xodimlarining bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida rejali dasturlar asosida mavzuga doir turli o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinadi.
Bundan tashqari, Kompaniyada korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tashkil etilgan. Shu bilan birga, tizimdagi korrupsion xatti-harakatlar haqida xabar berish uchun to‘rtta aloqa kanali – Ishonch telefon raqami, elektron pochta, Telegram-bot va Kompaniyaning rasmiy veb-sayti orqali murojaat yo‘llash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur aloqa kanallari orqali anonim murojaat yuborish imkoniyati mavjud va eng muhimi, murojaat turidan kat’iy nazar, murojaatchining ma’lumotlari sir saqlanishi Kompaniya tomonidan kafolatlanadi.