Bilasizmi?
October 4, 2021

TELEGRAF QANDAY ISHLAYDI?

Qisqa matnli xabarlar telefon aloqasidan ancha oldin paydo bo‘lgan. Albatta, bugungi kunda telegrammalarning o‘rnini elektron pochta, SMS va messendjerlar egalladi, biroq O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyida noyob eksponatlarni topish mumkin, buning bir misoli 1940-yillarning telegrafidir.

Tarix shuni ko‘rsatadiki, 1832-yilda Pavel Shilling birinchi elektromagnit telegrafning yaratuvchisi bo‘ldi. Boshqa talqinga ko‘ra, alifbo ixtirochisi va butun telegraf ixtirochisi amerikalik rassom Semyuil Finley Briz Morze hisoblanadi - 1835 yilda uzatilgan impulslar orqali masofadan ishlaydigan o‘zi yozuvchi qurilma paydo bo‘ldi. Bir necha yil davom etgan yangilanishlardan so‘ng, xabarlarni uzatish va qabul qilish uchun birinchi elektromexanik telegraf apparati paydo bo‘ldi. Morze telegrafi eng qulay qurilmalardan emas: uning kodini faqatgina mutaxassislar o‘qib, uni telegramma uchun matn shakliga o‘gira olardilar. Kod simlar orqali uzatilganligi sabab, kuchli shamol bo‘lganda xabarning bir qismi yo‘qolardi.

O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyi ekspozitsiyasiga qiziqish katta, chunki telegraf apparatlari ishchi holatda bo‘lib, muzey xodimlari bizning buvilarimiz va buvalarimiz telegramma orqali bir-birlariga qanday salomlar yo‘llaganliklarining taqdimotini o‘tkazib bera oladilar.

@uztelecomuz

@uztelecompress