Bilasizmi?
October 5, 2021

BIRINCHI TELEFON

Birinchi mobil telefonlardan biri O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida saqlanadi. Ushbu og‘irligi taxminan yarim kilogrammni tashkil qiluvchi telefonning o‘ziga xosligi nimada?

Aynan ana shu mobil telefondan 1992 yil avgustda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I. Karimov o‘zining birinchi qo‘ng‘iroqini amalga oshirgan. Bu hodisa MDH ichida birinchilar qatorida mamlakatimizda mobil aloqa kompaniyasining ochilish marosimida sodir bo‘ldi.

Dastlabki yillarda abonentlar soni juda kichik bo‘lsa-da, mobil aloqa keng ommaga tarqalishda davom etdi. 1994 yil 1 yanvardagi holatga ko‘ra faqat 224 ta abonent mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1995 yilda millioninchi abonent ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

@uztelecomuz

@uztelecompress