Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Prizma" Telegram kanali orqali tarif rejalari narxlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq murojaatlar e’lon qilingan.

Kompaniya Axborot xizmati mazkur murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, bu borada tegishli tartibda munosabat berilganligi bildiriladi. Shunday bo‘sada quyidagilar eslatib o‘tiladi.

⏺ Zamonaviy tendensiyalarga amal qilgan holda va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratib, AK «O‘zbektelekom» internetga simli kirish sohasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda yangi yechimlarni joriy etishni davom ettirmoqda. Kompaniya tarmoqni izchil modernizatsiya qilib, texnik imkoniyatlarni kengaytirish orqali raqamli muhitni yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda.

⏺ Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2026-yil 2-iyundan boshlab uy internetining ayrim tarif rejalari uchun xizmat ko‘rsatishning yangilangan shartlari kuchga kiradi. Mazkur o‘zgarishlar tarmoqni rivojlantirish dasturining bir qismi bo‘lib, internetga simli kirish xizmatlarini takomillashtirish, ulanish sifatini oshirish va yuqori tezlikdagi internet imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

⏺ Yangilanishlar doirasida xizmatlardan foydalanish shartlarini yaxshilash, jumladan internet tarmog‘iga kirish tezligini oshirish, abonentlar uchun mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek abonent to‘lovlari miqdorini o‘zgartirish nazarda tutilgan.

⏺ UZTELECOM xizmatlar sifatini oshirish va foydalanuvchilar uchun ishonchli texnologik infratuzilmani yaratishga yo‘naltirilgan holda, tarmoqni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga investitsiya kiritishda davom etmoqda.

Uztelecom muloqot uchun har doim ochiq va aholi murojaatlarini yetkazishda hamkorlik qilayotgan OAVlarga minnatdorlik bildiradi. Shu bilan birga, murojaatda keltirilgan ma’lumotlarning qanchalik asosli ekanligiga ham jiddiy e’tibor bilan yondashishlarini so‘rab qoladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati