E`lonlar
October 8, 2021

Bilimingizni UZTELECOM bilan mustahkamlang!

“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish yo‘nalishida 2021 yilning noyabr oyida tashkillashtiriladigan zamonaviy o‘quv kurslarida to‘lov-shartnoma asosida o‘qitish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etadi.

Ijrochi: “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali (“TvaPRM”)

Manzil: Toshkent sh., A.Temur ko‘chasi 97a-uy (mo‘ljal “RADISSON” mehmonxonasi qarshisidagi bino).

Ma’lumot uchun telefonlar: 71-235-72-49, 99-978-89-56.

Elektron pochta manzili:  tpdc@uztelecom.uz

O‘quv kurslari “TvaPRM” filialida (Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi 97a-uy) ishdan ajralgan holda haftaning dushanba-shanba kunlari soat 09:00 dan 15:20 gacha o‘tkaziladi.

Masofaviy o‘quv kurslari ishdan ajralmagan holda conf.uzcloud.uz videokonferensiya tizimi orqali onlayn tashkil etiladi. Bunda “BUYURTMACHI” tomonidan o‘quv kursida qatnashadigan xodimlar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilgan (noutbuk yoki personal kompyuter, vebkamera, mikrofon, quloqchin hamda kamida 3 Mb/s tezlikdagi internet aloqasi) bo‘lishi lozim.

Jadvalga fors-major holati, shuningdek, ishlab chiqarish zaruriyatidan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

O‘quv kursining narxi o‘qituvchi-trener va o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish uchun qilinadigan sarf-harajatlar oshganda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

@uztelecomuz

@uztelecompress