Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “Кушербаевга мурожаат” Telegram kanali orqali Toshkent viloyati Quyi Chirchiq Vatan MFYda yashovchi fuqarolar mahalla hududida internet tarmog‘ini tashkil qilib berishlarini so‘rab qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llashgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha ayni paytda ushbu hududda internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun zamonaviy OLT qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, kabel tortish ishlari davom ettirilayotganligi xususida ma’lumot berilgan edi.
Dastlabki munosabatda ta’kidlanganidek, ishlar belgilangan muddatda yakunlanganligi va hozirda hududda internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yaratilganligi bildiriladi.