Bilasizmi?
November 21

Qonunchilikdagi yangiliklar

Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida 2024-yil 4-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-988-son Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishitirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olganligi yoki mulkiy manfaatdor boʻlganligi, shuningdek sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga ogʻdirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Ushbu Qonun milliy qonunchiligimizni zamonaviy xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga, shuningdek respublikamizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.